6 Avgust 2021 yil 434

Sherobodda ayollar so'mkasi ichidagi pul o'g'irlab ketildi

Sherobod tumanida 2021 yil 24 iyul kuni, tumanning "Boybuloq" mahallasida yashovchi, N.Muyassar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 18 iyul kuni soat 16.00 larda, tumanning "Do'stlik" mahallasida joylashgan go'zallik saloni derazasida turgan ayollar so'mkasi ichidan 200.000 (ikki yuz ming) so'm pullarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Qiziriq tumani "Qorasuv" mahallasida yashovchi, Ch.Davron sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 26 iyul kuni Ch.Davronga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech