3 Noyabr 2021 yil 470

Sherobodda 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi

Sherobod tumani 3-sektor hududidagi "Nurtepa" mahallasida joylashgan 70-sonli umum ta'lim maktabida "Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Unda 3-sektor rahbari, Ichki ishlar bo'limi boshlig'i O'.Shukurov va yoshlar o'rtasida ochiq muloqot o'tkazildi. Uchrashuv davomida "Kattabog'", "Nurtepa", "Xo'jaqiya-1", "Oqtepa", "Qishloqbozor" "Oltinvoha", "Mehrobod", "G'urjak-1" mahallalaridagi 70 nafarga yaqin yoshlar tomonidan 32 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 4 tasi joyida hal etilgan bo'lsa, vaqt va o'rganish talab etadigan murojaatlarni yechimi yuzasidan aniq va tezkor choralar ko'rilib, ijrosi nazoratga olindi hamda ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.

Text to speech