13 Dekabr 2021 yil 478

Sherobodda, 3-sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi

Joriy yilning 11 dekabr kuni Sherobod tumani "Sherobod" mahallasida joylashgan 46-sonli umumta'lim maktabida 3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik O'.R.Shukurov, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi A.Do'snaev, mahalla fuqarolar yig'ini raisi hamda maktab direktori ishtirokida "O'zbekiston yoshlar forumi -2021" haftaligi doirasida "sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Tadbirda mahalladagi faol yoshlar qatnashib, ushbu hududdagi sport maydoniga tungi yoritgich chiroqlari shuningdek kerakli jihozlar olishda amaliy yordam so'rab murojaat qilishdi. Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar inobatga olinib, ijrosi nazoratga qaratildi. Shundan so'ng sektor rahbari yoshlarning jismoniy qobiliyatlari bilan tanishdi hamda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish bo'yicha o'z tavsiyasini berib o'tdi.

Text to speech