29 Sentyabr 2021 yil 597

Sherobodda "3-sektor rahbari va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 28 sentabr kuni Sherobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida "3-sektor rahbari va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i O'.Shukurov va yoshlar ishlari agentligi mas'ul xodimi A.Do'snaev va boshqa tegishli mas'ullar ishtirok etdi. Mazkur texnikumda tahsil olayotgan yoshlar o'rtasida ochiq-oshkora va samimiy muloqot o'tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar erishayotgan yutuqlari, o'zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirishdi. Ularning murojaatlari ijrosini ta'minlash tegishliligi bo'yicha tashkilotlarga yo'naltirildi.

Text to speech