4 Mart 2022 yil
291
Sherobodda, 3-sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 3-mart kuni Sherobod tumanining 3-sektor hududiga qarashli "Mehrobod" mahallasi 6-sonli umumta’lim maktabida 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya bo‘limi boshlig‘i Sh.Sattarov, tuman hokimining o‘rinbosari M.Choriyevlar ishtirokida “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda ushbu hududga tayinlangan hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchilari, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari va maktab direktori hamda tegishli mas’ullar qatnashdi. O‘tkazilgan ochiq yuzma-yuz muloqotda yoshlar tomonidan 11 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 2 tasi joyida hal etildi va 2 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 7 ta murojaat tegishli korxona va tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida, ushbu ta’lim muassasasining targ‘ibotchisi Tohir Mamatqulov tomonidan she’riy parchalar tinglandi. Tadbir yakunida eng ko‘p kitob o‘qigan yoshlar badiiy adabiyot kitoblari bilan taqdirlanishdi.