26 Sentyabr 2021 yil 405

Sherobod tumanining 3-sektor hududida mas'ullar ayollarning murojaatlarini uyma-uy yurib o'rganishdi.

Sherobod tumanida viloyat mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Z.Xidirova, 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig'i O'.Shukurov, tuman hokimi o'rinbosari - Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i R. Xolmirzaeva va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida 3-sektor hududiga qarashili "Istiqbol" mahallasida "ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarning birma-bir xonadonlarida bo'lib, ular bilan suhbat o'tkazildi.
Mas'ullar ayollarning murojaatlari va fikrlarini tingladi. Suhbat jarayonida ikkinchi bosqichda "ayollar daftari" ro'yxatiga olingan xotin-qizlarining savollariga atroflicha javoblar orqali ularning muammolariga ijobiy echimlar izlandi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan xotin-qizlarning takliflarini qo'llab-quvvatlashdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech