Sherobod tumanida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun, 3 may kuni Sherobod tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi Z.Xalilov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla beshligi hamda boshqalar ishtirokida Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 apreldagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi hamda viloyat IIBning 2023 yil 29 aprel tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, mas’ullar ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida, xizmat hududida jinoyatchilikni jilovlashda huquqtartibot organlari bilan hamkorlikda ish olib borib jinoyatchilikning keskin kamayishiga erishganligi uchun Sherobod tumani "Qishloqbozor" mahallasining beshligi Ichki ishlar vazirligining tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan mukofotlandi.