Sherobod tumanida voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan Kengaytirilgan yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 5 noyabr kuni Sherobod tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 56-sonli umumta’lim maktabida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 2022 yilning 9 oyi davomida "Voyaga yetmagan o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sabablari va uning sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida" tuman hokimi o‘rinbosari M.Choriev, 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik O‘.Shukurov, tuman prokurori o‘rinbosari A.Choriev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.O‘taev, bo‘lim mudiri A.Hakimov, tumandagi barcha umumta’lim maktablarining direktorlari 2022 yil 9 oyi davomida ta’lim muassasasida jinoyat sodir etgan maktab direktorlari, MMIBD o‘rinbosari, amaliyotchi psixolog, sinf rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘tkazilgan yig‘ilishda 2022 yil 9 oyi davomida Voyaga yetmagan o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sabablari va uning sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida mas’ullarga amaldagi qonunchilikka asosan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Kelgusi yilda voyaga yetmagan o‘quvchilar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha maktab direktorlariga aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.
Shuningdek, 2022-2023 o‘quv yilida 11-sinf o‘quvchilarining davomatini yaxshilash borasida tegishli topshiriqlar berildi.