Sherobod tumanida voyaga yetmagan yoshlar nazoratsizligini oldini olish yuzasidan tungi reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda
Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizlik xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi inspektor-psixologlari tomonidan tuman hududida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida “Xavfsiz oila” shiori ostida tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar har kuni tungi vaqt 23:00 dan boshlanib, voyaga yetmaganlar bo‘lishi taqiqlangan tungi klub, billiardxonalar hamda turli xil ko‘ngilochar joylarda tungi reyd tadbirlari tashkil qilinib, aniqlangan voyaga yetmaganlarning ota-onasiga farzandini nazoratsiz va e’tiborsiz qoldirganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tzg‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmoqda.
Tungi vaqtda voyaga yetmaganlarni bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan kafe, bar hamda turli kungilochar joylar ma’muriyatiga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy choralar ko‘rilmoqda.
Hurmatli Ota-onalar farzandlaringizning hayotiga, xulqiga e’tiborsiz bo‘lmang va nazoratsiz qoldirmang!