23 Avgust 2022 yil 362

Sherobod tumanida viloyat sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda Sherobod tumani "Katta hayot" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi istirohat bog‘ida viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektorlar, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlarining aholi muammolarini o‘rganish maqsadida ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirga qadar qabulda ishtirok etish uchun ro‘yxatga olingan fuqarolar soni 87 nafarni tashkil etib, ulardan 42 nafarining murojaati tinglandi.

Text to speech