3 May 2023 yil 361

Sherobod tumanida "O‘zbekiston-yoshlar mamlakati" shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Respublikamizning barcha hududlarida Ichki ishlar vazirining Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi hamda viloyat IIBning tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida "Ma’naviyat oyligi” bo‘lib o‘tmoqda

Xususan Sherobod tumanida ham "O‘zbekiston-yoshlar mamlakati" shiori ostidagi yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Sherobod tumani hokimi va sektor rahbarlarining tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman Madaniyat va turizm bo‘limi, 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hamda boshqa aloqador tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Ma’naviyat oyligi” ko‘tarinki rux kasb etdi.

Festivalda tuman hokimi, sektor rahbarlari, yoshlar, aholi vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbirda turli ko‘ngilochar chiqishlar, sho‘x kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Text to speech