5 Noyabr 2022 yil 516

Sherobod tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarolarning murojaati va muammolarini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash borasida, aholining murojaatlarini o‘rganish hamda qonuniy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.X.Ketmonov tomonidan, Sherobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha fuqarolar qabul qilindi.

Qabul davomida, Sherobod tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha 15 nafar ayblanuvchilar va jarblanuvchilar hamda ulirning yaqinlari bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida ayblanuvchilar va jabrlanuvchilarning jinoyat ishi yuzasidan taklif va e’tirozlari borligi so‘ralib, jinoyat ishi bo‘yicha ular bilan bog‘liq muammolari shu yerning o‘zida tegishli tartibda bartaraf qilindi.

Text to speech