31 May 2022 yil
410
Sherobod tumanida, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabr kunidagi 565-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 30 may kunida Sherobod tumanidagi “Buyuk ipak yuli”, “Oltinvoha” hamda “Kattabog‘” mahallalarida Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tumani sudi raisi O.Tog‘ayev, Tuman IIB boshlig‘i O‘.R.Shukurov, Sherobod tumani Yoshlar ishlari agentligi rahbari M.Normurodov, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshlig‘i X.Musilovlar ishtirokida, ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘tkazilgan yig‘ilishda, “Buyuk ipak yuli” mahallasida yashovchi S.Jumanazarga (ism shariflar o‘zgartirilgan) nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan, “Oltinvoha” mahallasida yashovchi J.Jumagulga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan hamda “Kattabog‘” mahallasida yashovchi D.Dilmurodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tumani sudining qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmiga asosan, sodir qilingan jinoyatlarning kelib chiqish sabab va omillari keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazildi.
Jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa Sherobod tumani hududida shu va boshqa turdagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka chek qo‘yishni nazarda tutadi.