6 Sentyabr 2022 yil 388

Sherobod tumanida sodir etilgan jinoyat muhokamasiga bag‘ishlangan  yig‘ilish o‘tkazildi

Kuni kecha Sherobod tumanining “Oqtepa” mahallasida sodir etilgan qotillik (qasddan odam o‘ldirish) jinoyati muhokamasiga bag‘ishlab, 6 avgust kuni ushbu mahalla markazida, Sherobod tuman hokimi Z.Davlatov, viloyat IIB probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik R.Ro‘ziev, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurov, tuman prokurori o‘rinbosari A.Choriev, shuningdek, tuman faollari, nuroniylar, mahalla raislari, keng jamoatchilik vakillari, fuqarolar va boshqa tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama chog‘ida jinoyatning kelib chiqish sabablari va sharoiti haqida so‘z yuritildi. Tuman hududida, bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish uchun har bir mahallada ishlarni jadallashtirish lozimligi, har bir rahbar loqaydlik va beparvolikka berilmay o‘z xizmat vazifasini mas’uliyat bilan bajarishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Mahallalardagi beshlik oilalarda kelib chiqayotgan turli nizolarni vaqtida o‘rganib, ularni bartaraf etishga shaxsan mas’ul ekanligi yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi.

Text to speech