Sherobod tumanida sodir etilgan jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha tumanning 1-sektor hududi “Katta hayot” mahallasida joylashgan markaziy dehqon bozorida sodir etilgan bezorilik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bilan sodir etgan shaxsga nisbatan 4 may kuni tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-sonli Qarorida sodir etilgan jinoyatni muhokama qilish belgilangan.
Mazkur qarorga asosan joriy yilning 5 may kuni voqea sodir etilgan joyda tuman hokimi Z.Xalilov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i S.Safarov, mahalla profilaktika inspektori va boshqa mas’ullar ishtirok bezorilik bog‘liq jinoyat keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinib, jinoyatning kelib chiqish va sabablari o‘rganildi.
Muhokama yig‘ilishida, tuman hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish chora-tadbirlari belgilab olindi.