15 Iyul 2022 yil 465

Sherobod tumanida sodir etilgan jinoyat muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 565-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha sodir etilgan har bir jinoyat jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan vaqtdan 3 kun ichida sodir etilgan manziliga borib o‘rganilishi lozim. Shunga muvofiq kuni kecha Sherobod tumanining "Oyinli" mahallasida Jinoyat kodeksining 105-moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi muhokama etildi.

Muhokamada tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Jumaev va boshqa mas’ullar ishtirok etishdi. Muhokama davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari yaqindan o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha janjal oqova suvni talashish ustidan kelib chiqqan. Muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalar natijasida janjalga aloqador fuqarolar o‘z qilmishlaridan pushaymonliklarini bildirib, mahalla-ko‘ydan kechirim so‘rashdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech