2 Iyun 2022 yil
424
Sherobod tumanida sodir etilgan huquqbuzarlik muhokama etildi
Kuni kecha Sherobod tumanidagi to‘yxonalarning birida spirtli ichimlik iste’mol qilgan bir-nechta fuqarolar, asosan, yoshlar ishtirokida tartibsizlik kelib chiqqan. Jamoat tartibiga zid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun mazkur fuqarolarning hatti-harakatlari Sherobod tuman IIB xodimlari tomonidan vaqtida bartaraf etilganligi bois og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning oldi olindi hamda huquqbuzarlarga nisbatan Jinoiy ishlar bo‘yicha Sherobod tuman sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi va huquqbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda chora qo‘llanilgan.
Bugun, 2 iyun kuni esa huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar istiqomat qiluvchi “Cho‘yinchi” mahallasida holat yuzasidan tuman IIB boshligi, 3-sektor rahbari O‘.Shukurov, tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i, tuman Imomi, keng jamoatchilik vakillari va boshqa mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda mahalla faollari, oqsoqollar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari qatnashishdi. Muhokama chog‘ida asosan, to‘y va bazmlarda jamoat tartibini saqlash, aholi orasida profilaktik ishlar olib borish va mahalla yoshlarining tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan so‘z yuritildi. Kelgusida bu kabi holatlar sodir bo‘lishining oldini olish bo‘yicha qator fikr-mulohazalar bildirilishi ortidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.