Sherobod tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati viloyat IIB boshlig‘i hamda keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
Joriy yilning 20 iyun kuni Sherobod tumanidagi 68 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Sherobod tumani “Majnuntol” mahallasi hududida 12 iyun kuni sodir etilgan qotillik jinoyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabr kunidagi 565 sonli Qarori talablari asosida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i A.Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Ketmonov, viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limi boshlig‘i R.Ro‘ziev, IIV Jazoni ijro etish Departamenti 4 mintaqaviy hudud 41 sonli Manzil koloniyasi boshlig‘i D.To‘raxonov, tuman xokimi Z.Halilov, tuman prokurori B.Yunusov, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov, mahalla faollari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. O‘tkazilgan muhokama yig‘ilish davomida jinoyat tafsilotlari haqida to‘xtaldi, ushbu qilmishning sodir etilish sabab va omillari keng jamoatchilikka yetkazildi.
Mas’ullar tomonidan fuqarolarga oila muqaddasligi, har qanday sodir etilgan jinoiy qilmish jazosiz qolmasligi, jinoyatga jazo muqarrarligi tushuntirilib, kelgusida bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida nazoratni yanada kuchaytirish, mahalla faollari o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi alohida ta’kidlandi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati