6 Yanvar 2023 yil 501

Sherobod tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

Joriy yilning 6 yanvar kuni Sherobod tumanidagi 40 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, Sherobod tumani “Oyinli” mahallasi hududida 3 yanvar kuni sodir etilgan qotillik jinoyati keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

O‘tkazilgan muhokamada Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Tursunov, tuman xokimi o‘rinbosari M.Choriev, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Jumaev, tuman prokurori o‘rinbosari A.Chariev, mahalla faolllari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. O‘tkazilgan muhokama yig‘ilishi davomida jinoyat tafsilotlari haqida to‘xtaldi, ushbu qilmishning sodir etilish sabab va omillari keng jamoatchilikka yetkazildi.

Mas’ullar tomonidan fuqarolarga oila muqaddasligi, har qanday sodir etilgan jinoiy qilmish jazosiz qolmasligi, jinoyatga jazo muqarrarligi tushuntirilib, kelgusida bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida nazoratni yanada kuchaytirib, mahalla faollari o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan bugungi kunda jamiyatda keng quloch yoygan o‘g‘rilik, firibgarlik, kiber jinoyat, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish va ularning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech