20 Iyul 2022 yil 353

Sherobod tumanida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Kuni kecha Sherobod tumanidagi "Mehrobod" hamda "G‘urjak-1" mahallalarida tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov tomonidan ushbu mahallalarda yashovchi bir guruh yoshlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan muhokama yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda mahalla Imom Hatibi, mahalla faollari, yoshlar yetkachilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda so‘z olganlar tomonidan yoshlarni turli yot g‘oyalar va diniy oqimlardan asrash, ma’naviy va ma’rifiy dunyoqarashini shakllantirishda ota-onasi kabi mahalla-ko‘yning ham vazifasi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Kelgusida mahalla hududida bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, olib borilishi lozim bo‘lgan vazifa va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech