Sherobod tumanida Probatsiya xizmati nazorati ostida turgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Sherobod tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Shukurov hamda tuman prokurori o‘rinbosari A.Chorievlar tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan tumanning 1 sektorida yashovchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, nazorat ostidagi shaxslardan 4 ta jazo turi ya’ni: axloq tuzatish, muayyan xuquqdan maxrum qilish, ozodlikni cheklash va shartli sinov jazo turlari o‘tayotganlari bo‘yicha tanqidiy va tahliliy fikrlar bildirildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, har bir nazoratdagi shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularning sodir etgan jinoyati va kelib chiqish sabablari yuzasidan har bir nazorat ostidagi shaxslarga qonunda belgilangan tartibda tushuntirish berildi.