28 Yanvar 2023 yil
327
Sherobod tumanida Probatsiya guruhi hisobida turuvchi shaxslar uchun “Mehnat yarmarka”si tashkil etildi
Kuni kecha Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi hamda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan Probatsiya guruhi hisobida turuvchi shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida, “Mehnat yarmarka”si tashkil etildi.
Tashkil etilgan “Mehnat yarmarka”da 68 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirok etdi. Ushbu “Mehnat yarmarka”da 2 nafar nazoratda turgan shaxslar ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2 nafar nazoratda turgan yoshlar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi qoshida tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘qish uchun yo‘llanmalar olishdi.