Sherobod tumanida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Sherobod tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi Voyaga yetmagan va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektor psixologlari hamda profilaktika inspektori hamkorligida 2022 yil 24 noyabr kuni Sherobod tumani “Zarabog‘’” mahallasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sherobod tumani “Dehqonariq” mahallasida yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan B.J.ning sumkasi ko‘zdan kechirilganda 34 quti “Treniya” nomli pirotexnika vositasi borligi aniqlangan va tegishli tartibda kelgusida tekshirib ko‘rishlik uchun olindi. Voyaga yetmagan B.J.ning onasi J.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati