2 Avgust 2023 yil 157

Sherobod tumanida nazorat ostida turgan shaxslar bilan qayta jinoyat sodir etmasligi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Sherobod tuman IIB  boshlig‘i podpolkovnik O‘.R.Shukurov, tumanning 2-sektor rahbari tuman prokurori adliya maslahatchisi B.Yunusovlar tomonidan tuman IIB binosida Nazorat ostida turgan shaxslar bilan qayta jinoyat sodir etmasligi bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, nazorat ostida turgan mahkumlarning muammolarini aniqlash, ularni qiynayotgan masalalarni sinchkovlik bilan o‘rganish va amaliy yordam berish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ular tomonidan takroran jinoyat sodir etilishining barvaqt oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Text to speech