24 Dekabr 2022 yil 353

Sherobod tumanida Milliy hunarmandchiligimiz rivojlanmoqda

USAID kompaniyasining Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida xorijiy hamkorlar va Sherobodlik yakka tartibdagi tadbirkor Sh.Hasanova o‘rtasida shartnoma imzolandi. Shunga muvofiq bugun, tumandagi “Taroqli” mahallasi hududida gilamchilikni rivojlantirishga ixtisoslashgan hunarmandchilik o‘quv markazining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Marosimda tuman hokimligi vakillari, tuman IIB JXX HPB Xotin qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari, keng jamoatchilik vakillari va USAID kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.

Loyiha doirasida bir guruh xotin-qizlar mazkur hunarmandchilik markazida o‘qitilib, kelgusida ularning bandligi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Text to speech