Sherobod tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasining sifat jihati yangi bosqichga ko'tarilmoqda
"Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezidentimizning 2021 yil 2-aprel'kunidagi 5050-son qaroriga muvofiq Sherobod tumanidagi 48 ta mahallalarda xizmat olib borayotgan profilaktika (katta) inspektorlarining ish vaqtini tejash hamda ish samaradorligini oshirish, mahalla hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida, tuman hokimi har oyda tumandagi jami 48 ta mahallalarda xizmat qilib kelayotgan profilaktika (katta) inspektorlari bilan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida qiliniyotgan ishlar va muammoli masalalarni hal etish choralarini ko'rib kelmoqda.
Jumladan tuman hokimi Z.Davlatov Prezidentimizning 5050-son qarorga asosan hokimlik tomonidan mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan, moddiy-texnik vositalar bilan ta'minlash borasida tumanning mavjud 48 ta mahallalarida xizmat qilib kelayotgan profilaktika (katta) inspektorlari zamonaviy kompyuter qurilmalari va boshqa zaruriy mebel jixozlari bilan ta'minlandi.
Tuman hududida faoliyat olib borayotgan 48 nafar profilaktika inspektorlariga xizmatda foydalanish uchun kompyuter jamlanmalarini tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari podpolkovnik O'.Shukurov tantanali ravishda topshirish asnosida, xizmat davomida o'zining mehnati va tirishqoqligi bilan xizmatdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan bir qator ichki ishlar organlari xodimlari rag'batlantirilib, ularga esdalik sovg'alari ulashildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati