29 Dekabr 2021 yil 527

Sherobod tumanida, jamoat xavfsizligi kontseptsiyasi hokimlik soatida o'rganildi

Sherobod tumani IIB boshlig'i podpolkovnik o'tkir Ro'zievich Shukurov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29-noyabr kunidagi PF-27-son Farmoni bilan qabul qilingan jamoat xavfsizligi kontsepsiyasi to'g'risidagi umumiy tushunchalar berib ya'ni O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasi milliy xavfsizlikning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblangan jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini belgilovchi muhim hujjat hisoblanadi.
Jamiyatning qonunga xilof tajovuzlardan, ijtimoiy va millatlararo nizolar favqulodda vaziyatlar va tahdidlardan himoyalangan holati bo'lib, u jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi hamda insonning huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarilishini ta'minlash haqida tushunchalar berildi.
Bundan tashqari yangi tashkil etilgan 48 nafar xokim yordamchilariga 2021 yil 29-noyabr kunidagi PF-27-son Farmonning 2-bob, 6-bandida nazarda tutilgan jamoat xavfsizligini ta'minlovchi sub'ektlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan iborat ekanligi to'g'risida ularga maqsadli vazifalari tushuntirildi.
Boshqa davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar jamoat xavfsizligini ta'minlashda ishtirok etuvchi sub'ektlarga kirishini uqtirib o'tildi.

Text to speech