8 May 2023 yil 380

Sherobod tumanida “Xotira turniri” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida hamda viloyat IIBning 2023 yil 29 aprel kunidagi farmoyishlari  ijrosini ta’minlash hamda 9- may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Sherobod tumanida vafot etgan ichki ishlar organlari xodimlarining yorqin xotirasi uchun "Xotira turniri" o‘tkazildi.

Tadbir boshida tumanning "Shabada" restorani dosh qozonida osh pishirilib, bir piyola choy uzatildi va o‘tganlar haqqiga Qur’on tilovat qilindi.

Sherobod tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining saf maydonida “Xotira turniri”ning ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.R.Shukurov, tuman IIB faxriylar kengashi raisi I.Shoymurodov hamda vafot etganlarni oila a’zolari so‘z olib, marhum ichki ishlar organlari xodimlarining hayot yo‘llari, el-yurt tinchligi va farovonligi uchun qilgan xizmatlari haqida so‘z yuritishdi.

Shundan so‘ng “Xotira turniri”ni ochiq deb, e’lon qilib, polvonlarni maydonga birin ketin taklif qilishdi. Sportning milliy kurash turi bo‘yicha yosh polvonlar kurash olib borishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan polvonlar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alariga ega bo‘lishdi.

Text to speech