Sherobod tumanida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri o‘tkazildi
Bugun, 19 dekabr kuni Sherobod tumanida tuman hokimligi, IIB, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, FVB va boshqa hamkorlar tomonidan “Xavfsiz hudud” tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyat IIB XPB boshlig‘i mayor A.Xudayberdiev, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov va boshqa mas’ullar, shuningdek, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari va boshqa aloqador shaxslar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida “Prezident archasi” va “Yangi yil” bayrami tadbirlarini o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda har bir mas’ul o‘z ishiga sidqidildan yondashib, zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi.