20 Avgust 2023 yil 235

Sherobod tumanida xayrli ish jajji bolajonlarni shod etdi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash, voyaga yetmaganlar huquqlarining himoyasini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Sherobod tuman sektor rahbarlarining tashabbusi bilan bugun, 20 avgust kuni tumanning 3-sektor hududidagi 13 nafar bolajonlarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi.

Dastlab, bolajonlar bilan tuman Ichki ishlar bo‘limi binosida uchrashuv tashkil etilib, to‘yona sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, eng so‘ngi rusmdagi avtomobillar bilan tumandagi Buyuk ajdodimiz, yirik muhaddis va yetuk alloma majmuasiga tashrif buyurib, Imom Abu Iso Muhammad At-Termiziy qabrini ziyorat qilishdi.

Shu bilan birga, to‘y bolajonlar va ularning qarindoshlari uchun tumandagi "Al-Amin" tantanalar saroyida sunnat to‘ylari nishonlandi.

Text to speech