22 Dekabr 2022 yil
312
Sherobod tumanida bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sherobod tumanida 2022 yil 3 dekabr kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 8 noyabr kuni tumanning “Katta hayot” mahallasida yashovchi, R.Rustamni (ism shariflar o‘zgartirilgan) T.Tolib tumandagi dehqon bozori hududida, o‘zaro tortishuvi oqibatida jamiyatda yurish turish qoidasini qasddan mensimay duch kelgan joyiga urib, tan jarohati yetkazgan. 4 dekabr kuni T.Tolibga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati