1 Mart 2022 yil 375

Sherobod tumanida, ayollar muammolari o'rganilmoqda

Sherobod tumanida 2490 nafar xotin-qizlarning ro'yxati shakllantirilib, "Ayollar daftari"ga kiritilishi belgilangan. Tumanning olis va chekka hududlaridan biri "Istiqbol" mahallasida bugungi kunda 1706 nafar ayollar istiqomat qiladi. Shakllantirilgan ro'yxatga asosan "Ayollar daftari" kiritilgan xotin-qizlarning muammolari o'rganilib amaliy yordam ko'rsatib kelinmoqda. tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi Voyaga yetmagan va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori mayor N.Normuxamedova hamda IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi Xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori leytenant S.Xudoyqulovalar mahalla fuqarolar yig'inidagi yordamga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o'rganib borishmoqda.
"Istiqbol" mahallasidagi o'rganish ishlari davomida, shu mahallada yashovchi N.M ko'p yillardan buyon nogiron bo'lib, to'shakka mixlanib qolganligi, yurishni imkoni yo'qligi, nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligi aniqlanib, unga bir dona nogironlik aravacha olib berildi. Yurtboshimizning qolaversa, soha xodimlarining mehribonligidan ko'ngli quvongan N.M yurtga tinchlik xalqqa omonlik tilab, duo qildi.

Text to speech