31 May 2022 yil 398

Sherobod tumanida Agromarkaz foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-54-sonli Qarori ijrosi yuzasidan, joriy yilning 30 may kuni Sherobod tumanining 3 sektor hududiga qarashli “Katta bog‘” mahallasida 500 million so‘m imtiyozli kredit hisobiga qurilgan Agromarkaz majmuasi foydalanishga topshirildi.
Endilikda mazkur agromarkaz Prezident Qarorida ta’kidlanganidek, tomorqa xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish orqali aholi daromadini oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli harid qilish tizimini yaratish, shuningdek, har bir tumanda tomorqa yer yegalari va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishda xizmat qiladi.
Text to speech