Sherobod tumanida 3-sektor rahbari hamda tadbirkorlar qabuli tashkil etildi
Bugun, 17 iyun kuni tumandagi 8-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2020 yil 19 may kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan video-selektor yig'ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida, Sherobod tumanidagi O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonasi va 3-sektor rahbari hamda tadbirkorlar qabuli tashkil etildi.Ushbu qabulda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari u.Panjiev, 3-sektor rahbari, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i O'.Shukurov, tuman prokurori katta yordamchisi F.Ashurov, qabulxona mudiri u.Choriev hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Tashkil etilgan tadbirkorlar bilan bo'lib o'tgan yuzma-yuz muloqotda 63 nafar tadbirkorlar qatnashib, ular tomonidan jami 38 ta murojaat qabul qilindi. Mazkur murojaatlar yuzasidan muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. 12 ta murojaat joyida ijobiy hal etilgan bo'lsa qolgan 13 ta murojaat esa huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati