17 Noyabr 2022 yil 294

Sherobod tumanida 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

 

Kuni kecha Sherobod tumanining Oqtepa mahallasida 3-sektor rahbari O‘.Shukurov, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Q.Abduraxmonov hamda mahalla raisi ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda yigit-qizlarning muammo va takliflariga quloq tutilib, o‘rtaga qo‘yilgan muammoli masalalar ijobiy qanoatlantirildi. Qolaversa, sektor rahbari mas’ullar bilan birgalikda xonadonbay yurib, yoshlarning muammolarini joyiga borib o‘rganish ishlarini olib bordi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali mehnatga jalb qilish orqali huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan.

Text to speech