Sherobod tumanida 2023 yil I-chorak davomida jinoyatchilik oshib, qizil hududga kirgan mahalla beshligi bilan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 5 may kuni Sherobod tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘lim boshlig‘i A.Boymurodova, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Egamberdiev, mahalla beshligi va boshqa mas’ullar qatnashishdi. Yig‘ilishda asosiy masala qizil toifaga kirgan mahalla mas’ullari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, 2023 yil I-choragi sarhisob qilinib, mas’ullarning hisoboti tinglandi va hisobot yuzasidan ishtirokchilar o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Yig‘ilish so‘ngida, kelgusida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan kelishib olini, qizil hududdan sariq va yashil hududga o‘tish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.