Sherobod tumanida 16 yoshga to‘lgan 25 nafar yigit-qizlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik ID kartalari topshirildi
Joriy yilning 27 mart kuni Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari podpolkovnik O‘.Shukurov hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i mayor B.Eshquvvatovlar tomonidan tuman hududida istiqomat qilib kelayotgan 16 yoshga to‘lgan 25 nafar yigit-qizlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 129-sonli Qarori mazmun mohiyati tushuntirildi.