9 Fevral 2023 yil 332

Sherobod tumani hududida doimiy yashovchi o‘q-otar quroli va pnevmatik ov quroliga ega bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Sherobod tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurov va uning o‘rinbosari mayor S.Safarovlar tomonidan Sherobod tumani hududida doimiy yashovchi o‘q-otar quroli va pnevmatik ov quroliga ega bo‘lgan fuqaro (ovchi)larga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 810-sonli qarori talablari hamda Qurol to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qo‘shimcha ravishda o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda 2022 yilning 12 oyi mobaynida tuman hududida o‘q otar qurollar bilan bog‘liq bo‘lgan noxush holatlarga misollar keltirilib, xavfsizlik choralari yuzasidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida o‘q-otar qurollar bilan bog‘liq holatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida tushuntirish profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Yig‘ilishda ov quroliga ega bo‘lgan fuqarolar bilan pnevmatik sport va pnevmatik ov qurollarini tuman ichki ishlar organidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ulardan maqsadli foydalanish, ov qilish qoidalariga qat’iy amal qilishlari, brokonerlik holatlariga chek qo‘yish, ov qurolini saqlash va olib yurish ruxsatnomasi hamda ovchilik biletlarini o‘z vaqtida tuman ichki ishlar bo‘limidan va ovchilik jamiyatlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga to‘liq rioya etishlari, o‘q otar qurollarni saqlash qoidalariga qat’iy amal qilishlari yuzasidan topshiriqlar berildi.

Fuqarolar tomonidan noqonuniy portlovchi moddalar o‘q-otar qurollari, o‘q-dorilar ixtiyoriy ravishda tuman IIBga topshirilgan taqdirda ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 248-moddasi 4-bandiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi bo‘yicha tushuntirish, profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Text to speech