2 Avgust 2023 yil 181

Sherobod tumanidagi mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi

Sherobod tumani hokimligida yil boshidan buyon tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Unda viloyatdan biriktirilgan vakil U.Alimov, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i G.Ismoilov, tuman prokurori B.Yunusov, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurovlar  aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda mahalla “beshligi” ishtirok etdi. 

Shuningdek, 2023 yil 6 oy davomida jinoyatchilik bo‘yicha qizil toifaga kiritilgan mahallalar beshligining yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklari tanqidiy tahliliy muhokama qilindi, og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, oilaviy nizolar, firibgarlik kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi bo‘yicha ishlash, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech