Sherobod tumanida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
Sherobod tumani IIBda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
Bugun, 23 iyun kuni Sherobod tumanidagi 3-sektor hududida joylashgan “Oltin voha” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 7 iyundagi 135-farmoyishiga asosan, 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov tashabbusi bilan ichki ishlar tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan va hozirda iste’foda bo‘lgan faxriylar, profilaktika inspektorlari hamda boshqalar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik M.Ziyadullayev ham qatnashib, yig‘ilganlar bilan birgalikda “Oltin voha” mahallasida olib borilayotgan keng-ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdi. Zamonaviy mahalla binosi, keng shart-sharoitlar, mahalla tikuv sexi va yangi sport zali ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng mahalla choyxonasida davom etgan samimiy suhbat baxshining shodon termalari bilan yanada fayz oldi. Uchrashuv so‘nggida otaxonlar yurtga tinchlik so‘rab duoga qo‘l ochishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati