22 Oktyabr 2022 yil
440
Sherobod tumani IIBda “Mehnat yarmarka”si tashkil etildi
Bugun Sherobod tumani hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida, Sherobod tumani IIB binosida tuman IIB probatsiya, ma’muriy nazorat hamda muqaddam sudlanganlar hisobida turgan shaxslar qayta jinoyat yo‘liga kirmasliklari hamda ularning bandligini ta’minlash uchun tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik O‘.Shukurovning tashabbusi bilan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida “Mehnat yarmarka”si tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida 2 nafar ma’muriy nazoratda turgan va 2 nafar probatsiya hisobida turgan ishsizlarning bandligi ta’minlandi. 8 nafar shu toifadagi shaxslarni kasbga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi.