Sherobod tumani IIBda ham 8 dekabr- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 7 dekabr kuni Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limining majlislar zalida 8 dekabr- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bayram tadbirida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik M.Boltaev, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurov hamda tuman IIBning shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Bayram tadbiri davomida, tuman hududida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish hamda fuqarolar xafsizligini taminlash borasida yuqori natijalarga erishgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik ko‘krak nishoni, maxsus unvon va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.