9 Avgust 2023 yil 321

Sherobod tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati hamda aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida probatsiya guruh hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.

Sherobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi binosida tashkil etilgan navbatdagi “Mehnat yarmarkasi”da nazorat ostidagi shaxslarning ishtiroki ta’minlanib, ushbu tadbir davomida 3 nafar nazorat ostidagi shaxslar tuman “Obodonlashtirish” bo‘limiga ishga joylashtirildi va 2 nafar nazorat ostidagi shaxslarning qayta kasbga yo‘naltirish markazlariga tahsil olishlari uchun yo‘llanmalar topshirildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nazoratda turgan shaxslarni bandligini ta’minlash orqali qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish hamda hayotga moslashtirishdan iboratdir.

Text to speech