16 May 2023 yil 207

Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limida "She’riyat kechasi" tadbiri tashkil etildi

 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida 2023 yil 1 maydan 1 iyunga qadar “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish belgilangan.

 Ushbu oylik doirasida “Kitobxonlik”, “Teatr, muzey va kino”, “Madaniy va ma’rifiy tadbirlar”, “Intellektual tadbirlar” hamda “Sport tadbirlar” bo‘yicha haftalik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 Xususan, bugun,13 may kuni tuman Ichki ishlar bo‘limi binosida Sherobod tumani Axborot-kutubxona markazi direktori M.Ulug‘berdieva tuman Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan birgalikda "She’riyat kechasi" tadbiri tashkil etildi.

Text to speech