1 Aprel 2022 yil 389

Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Bugun, 1 aprel kuni 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurovning tashabbusi bilan aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi nazorati ostida turgan hamda muqaddam sudlangan shaxslar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i mayor S.Safarov, Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi katta inspektori A.Jo‘rayev, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori N.Normuhamedova hamda tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan korxona va tashkilotlar mas’ullari qatnashdi. Mehnat yarmarkasini o‘tkazishdan asosiy maqsad, tuman IIB Jamoat xavfsizligi bo‘limi Probatsiya guruhi nazorati ostida turgan hamda muqaddam sudlangan shaxslarni bandligini ta’minlashdan iborat bo‘lib, unda 45 nafar shaxslar jalb qilindi.
Ulardan 3 nafari “Sherobod Tekstil Invest” MCHJga, 1 nafari “Sarvinoz Dinara Kumush” OKga va 1 nafari “Javohir Sher Mix” OKga ishga qabul qilindi hamda 1 nafariga Sherobod tumanidagi kasbga qayta o‘qitish markaziga kompyuter yo‘nalishi bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.
 
Text to speech