17 Aprel 2023 yil 539

Sherobod tumani 3-sektor hududidagi ta’lim dargohida “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 13 mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida haftaning shanba kuni viloyatning tajribasi sifatida "Otalar qabul kuni" bo‘lishi taklifi berilgan edi.

Shu munosabat bilan Sherobod tumani Qulluqsho mahallasidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” tashkil etildi.

Ushbu yig‘ilishda maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilarning otalari hamda ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda, tuman 3-sektor rahbari O‘.Shukurov Prezidentimizning 2023 yil 13 mart kunidagi tashrifi davomida, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishda ularning nazoratini kuchaytirish maqsadida, Surxondaryo tajribasi tariqasida “Otalar yigilishi” tashkil etilayotganligi, kelajak avlod bugungi kunda ta’lim-tarbiya olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilganligiga alohida to‘xtalib, farzandlarning odobi-axloqi borasida so‘z yuritdi.

Shuningdek, yig‘ilgan otalar va pedagoglarning o‘quvchi yoshlar chuqur bilim olishlari yuzasidan taklif va tavsiyalari tinglandi.

Text to speech