26 Iyun 2023 yil 171

Sherobod tumani 3-sektor hududida “Qurbon hayiti” arafasida qabristonlar obod bo‘lmoqda

Azal azaldan xalqimiz milliy qadriyatlarimizni tiklash, ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida qabristonday tabarruk maskanlarni obod qilish, saranjom-sarishta saqlash va ziyorat qilib turishga alohida e’tibor qaratib keladi.

“Muborak Qurbon hayiti” bayrami oldidan Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari O‘tkir Shukurovning tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Xususan sektor hududidagi "G‘urjak 1", "Qulluqsho", "Qishloqbozor" hamda "Sherobod" mahallalarda, shuningdek, qabristonlardagi hasharlarda qabriston hududi obodonlashtirilib, ichki yo‘laklari ham tartibga keltirilmoqda. Bunday hayrli va savobli ishlar Sherobod tumanidagi boshqa barcha qabristonlarda ham davom etmoqda.

Text to speech