7 Oktyabr 2022 yil 243

Sherobod tumani 3-sektor hududida istiqomat qilayotgan mehnatvevar ayol xonadonidagi fayz

Sherobod tumanining 3-sektori hududida 12 ta mahalla mavjud bo‘lib, ularning har birida muammoli ayollar bor. Mas’ullar tomonidan mazkur ayollarning turmush tarzi yaqindan o‘rganilib, ularga tegishli tartibda ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Mustahkam oila, farovon jamiyat qurishda albatta xotin-qizlarning o‘rni katta. Mazkur sektor hududida ana shunday baxtli oila bekasi bo‘lgan ayollar ham talaygina. Ulardan biri “Kattabog‘» mahallasida istiqomat qiladigan Dilbar opa Davidova bugun o‘zining tadbirkorligi, ishbilarmonligi va mehnatsevarligi bilan mahalladoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. “15-oktabr – Qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Dilbar opani qutlash uchun uning xonadonida bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i A.Boymurodova, tuman IIB xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektor, leytenant S.Hudoyqulova hamda mahalla xotin-qizlar faoli hovlida barpo etilgan mo‘jazgina bog‘ bilan yaqindan tanishishdi. 150 tupdan ortiq anor ko‘chatlaridan yetilgan anorlar bugun ushbu hovliga ko‘rk berish barobarida oilaning asosiy daromad manbayiga ham aylangan.

Dilbar opa haqiqatdan yer bilan tillashgan ekan. Anorchilik bilan birga hovlisida limonchilik parvarishini ham yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari, ayni hosilga kirgan bulg‘or qalampirlari ham Dilbar opaning mehnatlari evaziga ko‘zni qamashtirib turibdi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu xonadonda bir qarich yer ham bekor turgani yo‘q. Tinib-tinchimas Dilbar opa bugun haqiqiy qishloq ayoliga aylangan. Mahallada esa unga o‘xshagan fidoyilarning soni ortib bormoqda. Biz Dilbar Davidova misolida yurtimizdagi barcha mehnatkash qishloq ayollarini bayramlari bilan qutlaymiz!

Text to speech