29 Iyun 2022 yil 368

Sherobod tumani 3-sektor rahbari yoshlar bilan uchrashdi

30 iyun  Yoshlar kuni munosabati bilan joylarda sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Sherobod tumani 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i O‘.Shukurov tomonidan tashkil etildi. Unda 3-sektor hududida istiqomat qilib kelayotgan yigit-qizlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida asosan, yoshlardan ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashda kredit olish masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Yechimi mavjud muammolar sektor rahbari tomonidan shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, vaqt va mablag‘ talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Shuningdek, sektor rahbari tomonidan yoshlarning turli tashabbuslari ham qo‘llab-quvvatlanib, ularga kitoblar sovg‘a qilindi.

Text to speech