Sherobod tumani 3-sektor hududida istiqomat qilib kelayotgan "temir daftar" ro'yxatiga kiritilgan oilalar holidan xabar olindi
Sherobod tumani 3-sektor hududida istiqomat qilib kelayotgan aholining "temir daftar"ga kiritilgan oilalarning holidan xabar olish, musulmonlarning bayrami "Qurbon hayiti" bilan muborak bod etish, ularga mehr va muruvvat ulashish orqali mazkur oilalarning ko'nglini shod etish maqsadida, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i, 3-sektor rahbari podpolkovnik O'.Shukurov, Surxondaryo viloyati IIB Moliya va moddiy texnika ta'minoti boshqarmasi moliyaviy ta'minot xizmati boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik S.Ergashevlar, sektor ishchi guruhi a'zolari bilan birgalikda bayram bilan qutlashib, sovg'a-salomlar ulashdi.
"Temir daftar"ga kiritilgan oilalarning holidan xabar olish asnosida, ularning muammolari ham o'rganilib, tegishli tashkilotlardan tarkib topgan ishchi guruh a'zolariga echimini hal etish uchun topshiriqlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati